Yangiliklar
calendar 07.07.2026 | 11:22
view 40
BEMOR BOLALARDA BEPUL JARROHLIK AMALIYOTLARI O‘TKAZILMOQDA

➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida 100 nafardan ortiq bemor bolada bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

➡️Amaliyotlar tajribali turkiyalik shifokorlar ishtirokida amalga oshirilmoqda va 8-iyulga qadar davom etadi.

➡️Ushbu ezgu tashabbus Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi murakkab jarrohlik amaliyotlariga muhtoj bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

➡️Mazkur xayriya aksiyasi va undagi jarayonlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali keng yoritildi. Bunday tashabbuslar bolalar salomatligini asrash, ularning sog‘lom kelajagini ta’minlash hamda xalqaro tibbiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.