➡️5 yoshli Rayonaxon bundan bir yil avval Hirschsprung kasalligi bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga murojaat qilgan edi.
➡️Uning murojaati Fond tomonidan tezkor o‘rganilib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Istanbul shahriga yuborildi. Fond bu ezgu ishda kamarbasta bo‘lib, davolanish bilan bog‘liq barcha zarur xarajatlarni qoplab berdi.
Oradan bir yil o‘tdi…
➡️Bugun Andijonda o‘tkazilgan “Sog‘lom kelajak” xayriya aksiyasiga Rayonaxon oilasi bilan yana keldi. Ammo bu safar — yordam so‘rab emas, minnatdorlik bildirish va nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tish uchun.
➡️ Shifokorlar Rayonaxonning holatini ko‘zdan kechirib, uning sog‘lom hayotga qaytganini va ahvoli yaxshi ekanini ta’kidlashdi.
➡️Bu xushxabarni eshitgan onaning quvonchi va hayajonini yashirish qiyin edi. U bir yil avval farzandining sog‘lig‘i uchun xavotir bilan Fondga murojaat qilgan kunlarini eslab, ko‘zida yosh bilan shifokorlarga hamda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
➡️ Bir yil avval umid bilan boshlangan yo‘l bugun sog‘lom bolaning tabassumi bilan davom etmoqda.
➡️Har bir sog‘lom bola — bir oilaning baxti. Har bir qaytgan tabassum esa amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning eng katta natijasidir.