Yangiliklar
calendar 17.09.2024 | 17:14
view 225
BOLALAR FONDI YOSH VOLONTYORLAR AKADEMIYASI BILAN MEMORANDUM IMZOLADI

Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondida Yosh volontyorlar Akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Uchrashuvda Fondning ijrochi direktor o‘rinbosari Barno Abdusamatova ishtirok etdi va hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.

Endilikda bu kelishuvga ko‘ra, ”Oltin qanot volontyorlar” jamoasi ijtimoiy himoyaga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlovchi loyihalarni tashkil etish, shu soha boʻyicha sifatli taʼlim loyihalarini amalga oshirishda oʻquvchilarni jalb etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ko‘ngilli asosda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ishlarida jonbozlik ko‘rsatadilar.

Shuningdek, tomonlar joriy yilning 31 may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘z qo‘llarim bilan yarataman” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda unda tashkil etiladigan savdo yarmarkalarida volontyorlar ishtiroki masalasini ham muhokama qilib oldilar.