Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Bolalar fondi jamoasi yurtimizning olis hududlariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida uzoq qishloqlarda joylashgan bog‘chalar, maktablar va masjidlarda tahsil olayotgan bolajonlarga turli xil kitoblar tuhfa etildi.
Mazkur ezgu tashabbusning asosiy maqsadi – bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat.
Bolalar fondi jamoasi ta’kidlashicha, kitoblar nafaqat bilim manbai, balki kelajak avlodni yuksak maqsadlarga undovchi, ma’rifatli va barkamol shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, fond vakillari ushbu an’anaviy aksiyani kelgusida ham muntazam davom ettirib, yanada ko‘proq hududlarni qamrab olishni rejalashtirishmoqda.