👦“Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi”tashabbusi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalaridan tashrif buyurgan yuqori malakali shifokorlar jamoasi Xorazm viloyatida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni amalga oshirdi.
➡️Ushbu ezgu tashabbus doirasida 200 nafardan ortiq bolalar puxta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ko‘riklar natijasida og‘ir tashxis qo‘yilgan va operatsiyaga muhtoj bo‘lgan bemorlar saralab olindi.
Yaqin bir oy ichida ushbu bolalar uchun zarur jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
➡️Eng quvonarlisi, ushbu jarayonlar bilan bog‘liq barcha tibbiy xizmatlar, operatsiya xarajatlari hamda zarur davolanish ishlari to‘liq ravishda fond tomonidan bepul amalga oshiriladi.
➡️Fond o‘z faoliyatini nafaqat Xorazm viloyati bilan cheklab qolmay, kelgusida bunday ezgu tashabbuslarni yanada kengaytirish, O‘zbekistonning eng olis hududlarigacha yetib borish va imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan hamda yordamga muhtoj bolajonlarga ko‘mak berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
➡️Bu tashabbus — nafaqat davolash, balki bolajonlarga yangi hayot, yangi imkoniyat va sog‘lom kelajak hadya etish yo‘lidagi ulkan qadamdir!
➡️Jarayonlarni batafsil video orqali kuzatishingiz mumkin!