Yangiliklar
Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirda Coffee Community jamoasi va Fond vakillari ishtirok etdi.
Tadbir bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek, jamiyatda bolalar farovonligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida xabardorlikni oshirishga qaratildi.
Bolalarni qo’llab-quvvatlash Jamoat fondi mutaxassislari tomonidan bolalarni himoya qilish kunining ahamiyati haqida so‘zlandi va Coffee Community jamoasiga bolalar huquqlari, ularning ijtimoiy muhofazasi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida olib borilayotgan loyihalar haqida taqdimot qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga Fond tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
E’tiborli jihati, bu tadbirdan tushgan mablagʻlar ular tomonidan Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi hisobiga xayriya qilinadi.