Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 09:07
view 436
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari N. Muxtorova olib bordi. 

Yig‘ilishda Fondning 2025 yilgi faoliyati, bolalarni tibbiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash natijalari hamda bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, hisobot davrida ko‘plab bolalar malakali tibbiy yordam va zarur ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan qamrab olinib, manzilli yordam ko‘lami kengaytirildi. 

Shuningdek, kelgusida davolash imkoniyatlarini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.