Yangiliklar
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari N. Muxtorova olib bordi.
➡️Yig‘ilishda Fondning 2026 yil 1-chorak yakunlari, bolalarni tibbiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash natijalari hamda bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
➡️Qayd etilganidek, hisobot davrida ko‘plab bolalar malakali tibbiy yordam va zarur ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan qamrab olinib, manzilli yordam ko‘lami kengaytirildi.
➡️Shuningdek, 33 nafar kechiktirib bo'lmaydigan og'ir tashxisli bemor bolalarni xorijda davolash bo'yicha xulosalar berildi.