Yangiliklar
calendar 28.08.2026 | 19:41
view 49
BOLANING SOG‘LIG‘I UCHUN YANA BIR MUHIM QADAM

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga 2018-yilda tug‘ilgan Xadjayev Muhammadrizoning onasi farzandining davolanishiga ko‘mak so‘rab murojaat qildi.

➡️Muhammadrizoda o‘ng oyoq va son suyagining murakkab tug‘ma rivojlanish anomaliyasi mavjud bo‘lib, u bosqichma-bosqich murakkab ortopedik davolanishga muhtoj.

➡️Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, bolaning davolanishini davom ettirish hamda Rossiya Federatsiyasining Kurgan shahridagi Akademik G. A. Ilizarov nomidagi Travmatologiya va ortopediya bo‘yicha Milliy tibbiy tadqiqot markazida uch bosqichli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

➡️Fond murojaatni o‘rganib chiqib, Muhammadrizoning davolanish yo‘lidagi zarur xarajatlar uchun moddiy yordam ajratdi.

➡️Har bir bolaning sog‘lom kelajagi uchun qilingan ezgu harakat — katta umidga aylanishi mumkin.

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bolalar salomatligi va ularning kelajagi yo‘lida ezgu tashabbuslarni davom ettiradi.