➡️Bolalar kelajagi yo‘lida ezgu tashabbuslar: yil sarhisobi va yangi rejalar
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktor o‘rinbosari Barno Abdusamatova yil yakuni munosabati bilan intervyu berib, 2025-yil davomida amalga oshirilgan muhim loyihalar, erishilgan natijalar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
➡️Intervyu davomida ta’kidlanganidek, joriy yil Fond faoliyatida samarali va sermahsul bo‘ldi. Respublika bo‘ylab minglab bolalarni qamrab olgan ijtimoiy, ta’lim va sog‘lomlashtirish loyihalari amalga oshirildi. Jumladan, ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv muhit yaratish, iqtidorli bolalarni rag‘batlantirish hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator tashabbuslar hayotga tatbiq etildi.
➡️Barno Abdusamatova Fond jamoasi tomonidan hududlarda olib borilgan tizimli ishlar, hamkor tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik va bolalar manfaatini ustuvor qo‘ygan yondashuv yil davomida muhim natijalar berayotganini alohida qayd etdi.
➡️Suhbat davomida 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar ham e’lon qilindi. Kelgusi yilda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalarni kengaytirish, raqamli ta’lim dasturlarini joriy etish, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘lamini oshirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilgan.
➡️“Bizning asosiy maqsadimiz — har bir bolaning baxtli, sog‘lom va bilimli bo‘lib ulg‘ayishi uchun sharoit yaratishdir. Bu yo‘lda jamoamiz fidokorona mehnat qilmoqda va kelgusi yilda yanada katta marralarni ko‘zlamoqdamiz”, — dedi Barno Abdusamatova.