Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 21:42
view 393
Bugun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tug‘ilgan kuni.

Prezident - O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili bo‘lgan, qonunlarni imzolaydigan eng muhim shaxsdir.

U 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslahatdoshi sifatida samarali faoliyat olib borgan.

2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Prezident etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.

2023 yil 9 iyuldan boshlab, Yangilangan Konstitusiyaga binoan muddatidan oldin saylov o‘tkazilib,

7 yil muddatga qayta saylandi.

Oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, olti nafar nabirasi bor.
U ko‘p yillik samarali mehnati uchun “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan.

Prezidentimizni tavallud kunlari bilan muborakbod etamiz.