Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 08:17
view 765
Buxoroda sog‘liqni saqlash yo‘nalishida yangi bosqich: hamkorlik memorandumi imzolandi

➡️Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Healthis Assistance xalqaro tashkiloti o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

➡️Mazkur kelishuv bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy xizmatlarni joriy etish hamda tibbiy kadrlar malakasini oshirish yo‘nalishida muhim amaliy qadam bo‘ldi.

➡️Hamkorlik jarayonida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ham faol ishtirok etdi. Fondning ko‘magi bilan tashabbus doirasida xorijiy ekspertlar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish, murakkab jarrohlik amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

➡️Memorandum asosida:
 🔺bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordamni rivojlantirish;
 🔺mahalliy shifokorlarning malakasini oshirish;
 🔺xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish;
 🔺qo‘shma ijtimoiy-tibbiy loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik kuchaytiriladi.

➡️Ushbu hujjat Buxoro viloyatida sifatli tibbiy xizmatlarni kengaytirish, aholiga yanada samarali va zamonaviy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.