Yangiliklar
Buxoroda tibbiy ko‘rik – bolalar sog‘ligi uchun muhim qadam
➡️Bugun birinchi kun davomida 200 dan ortiq bemor bolalar turk shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
➡️Farzandlarimizni neyroxirurg, plastik jarroh va boshqa mutaxassislar ko‘zdan kechirdi.
➡️Shundan 90 dan ortiq og‘ir bemor bolalar murakkab jarrohlik amaliyoti uchun saralab olindi.
➡️Eng quvonarlisi, barcha xarajatlar Bolalar fondi tomonidan qoplab beriladi.
➡️Tibbiy ko‘rik davom etmoqda va oldinda bolalarimiz uchun hayotini o‘zgartiradigan katta imkoniyatlar turibdi.