Yangiliklar
Buxoroda turk shifokorlari ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari boshlandi
Bugundan boshlab Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida turk mutaxassislari ishtirokida bir qator murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.
➡️Bu ezgu tashabbus Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan amalga oshirilmoqda. Tashrif doirasida tajribali turk shifokorlari mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda bolalardagi tug‘ma va og‘ir jarrohlik holatlarini davolash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
➡️Ushbu hamkorlik nafaqat bolalarga hayotiy muhim imkoniyatlar yaratadi, balki mahalliy shifokorlarning malakasini oshirishga ham xizmat qiladi.