Xabaringiz bor, Namangan viloyatining olis va ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj hududlarida istiqomat qiluvchi bolalarga yordam berish maqsadida “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi" tomonidan tashkil etilgan “Ezgulik manzili” nomli tibbiy xayriya aksiyasining ikkinchi kuni ham faol va samarali tarzda o‘tkazildi.
🖇Aksiya doirasida respublikaning yetakchi tibbiyot muassasalaridan taklif etilgan malakali jarrohlar, pediatrlar, oftalmologlar, urologlar, LOR va boshqa yo‘nalishdagi mutaxassislar ishtirok etib, ehtiyojmand oilalar farzandlarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Shuningdek, oldindan aniqlangan kasalliklarga qarshi rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
🀄️Operatsiya jarayonlari
Aksiya doirasida eng ko‘p amalga oshirilgan operatsiyalar quyidagilar bo‘ldi:
🔸Tug‘ma nuqsonlarni tuzatish bo‘yicha kichik va o‘rta hajmli operatsiyalar (masalan, burun-bo‘g‘iz operatsiyalari, yengil ortopedik tuzatishlar);
🔸Ko‘z bilan bog‘liq muammolar (katarakta, strabizm) yuzasidan operatsiyalar;
🔸Uzoq muddatli davolanishni talab qiladigan bemor bolalarga shifokorlar tomonidan davolash rejalari ishlab chiqildi.
🔹Aksiya davom etadi