Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:15
view 38
“EZGULIK MANZILI”: FARG‘ONADA BOLALAR SALOMATLIGI YO‘LIDAGI EZGU TASHABBUS DAVOM ETMOQDA

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazilayotgan “Ezgulik manzili” ijtimoiy-tibbiy aksiyasining ikkinchi kuni doirasida tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari davom etmoqda.

➡️Aksiyada respublikamizning yetakchi mutaxassislari — LOR yuz-jag‘ jarrohligi, oftalmologiya, nevrologiya, pediatriya, kardiologiya, kardio-revmatologiya, bolalar jarrohligi hamda urologiya yo‘nalishlaridagi professor va malakali shifokorlar ishtirok etmoqda.

➡️Mutaxassislar tomonidan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur hollarda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshirilmoqda.

📅 Tibbiy ko‘rik va operatsiya jarayonlari 12-iyunga qadar davom etadi.

➡️Barcha farg‘onaliklarni ushbu xayrli va ezgu aksiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz.