Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:57
view 972
“EZGULIK MANZILI” — SHIFO VA UMID MANZILI

Andijonda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan 5 KUNLIK xayriya tibbiy aksiyasi boshlandi.

🟢Birinchi kun – ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalardagi bolalar uchun bepul umumiy va ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Ularning sog‘lig‘i mutaxassislar tomonidan chuqur tekshirildi, tashxislar qo‘yildi.

🔺Keyingi kunlar – aniqlangan muammolar asosida bolajonlarimiz uchun zarur operatsiyalar amalga oshiriladi.

👩‍⚕️Aksiya doirasida poytaxtning nufuzli klinikalaridan kelgan tajribali shifokorlar beminnat xizmat qilmoqda.
🟢Barcha xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berilmoqda.

📹Batafsil tafsilotlarni videomiz orqali tomosha qiling!