Yangiliklar
Ezgulik qadamlari — bir bolajonning yangi imkoniyatlari sari!
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga murojaat qilgan 13 yoshli Ahmadjonov Adis uchun yana bir muhim xayrli ish amalga oshirildi.
Hozirda Adisga qo‘yilgan tashxis — bolalar serebral paralichi, miya falajining diskinetik shakli (aqliy faoliyati saqlangan holatda).
Bolajonning harakatlanish imkoniyatlarini yaxshilash va reabilitatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSHdan maxsus buyurtma asosida Pacer Gait Trainer moslamasi olib kelinib, xayriya yordami sifatida topshirildi.
Ushbu maxsus qurilma Adisning mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
✨ Birgalikda mehr ulashib, ezgu ishlarimizni davom ettiramiz! 💫