Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 10:41
view 487
Ezgulik va e’tibor — bolalar kelajagiga qaratilgan muhim qadam

Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur zamonaviy markaz bolajonlarning salomatligini tiklash, ularga sifatli reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish hamda jamiyatda faol hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

➡️Tadbirda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi rahbariyati ham ishtirok etib, markazda davolanayotgan bolalarga o‘quv adabiyotlari va turli yosh toifalariga mo‘ljallangan kitoblar jamlanmasini topshirdi. Ushbu kitoblar bolalarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.