Yangiliklar
EZGULIK VA MEHR ULASHILGAN YANA BIR MUHIM QADAM
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolajonlar uchun muhim dori vositalari xayriya tariqasida taqdim etildi. 💙
➡️Bu ezgu tashabbus — kichik qalblarga katta umid, oilalarga esa quvonch va ishonch ulashuvchi savobli qadamdir. Har bir ko‘rsatilgan yordam — bir bolaning sog‘lom kelajagi sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
➡️Birgalikda mehr ulashib, bolalar salomatligi va baxtli kelajagi yo‘lida ezgu ishlarni davom ettiramiz! ✨