Yangiliklar
Ezgulik yo‘lida muhim qadamlar
➡️Qashqadaryoda bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha doirasida bir qator ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus orqali bir nechta bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning sog‘lig‘ini tiklash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi.
➡️Jumladan, Javohor hamda boshqa bolalarda adenoid va tomoq-burun sohasidagi muammolar bartaraf etilib, zarur operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Natijada bolalarning nafas olishi yengillashib, sog‘lig‘i sezilarli darajada yaxshilandi.
➡️Bunday loyihalar bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi va baxtli kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Ezgu ishlar davom etmoqda.
🎤Javohorning onasi bergan intervyuni tinglang.