Bemorning ota-onalari ko‘rsatilgan bu muruvvat yordamidan Prezidentimizga, qolaversa Bolalar fondiga alohida minnatdorchilik bildirishdi.
Yangiliklar
22.12.2024
|
10:18
389
FARG‘ONADA 2 NAFAR BOLAGA O‘SUVChI ENDOPROTEZ TIBBIY MOSLAMASI O‘RNATILDI
Xabaringiz bo‘lsa, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan bundan bir oy avval “O‘ng son suyagi pastki uchligi osteogen sarkomasi” tashhisi bilan Bekmurod Sultonov hamda “O‘ng son suyagi distal qismi ostegensarkomasi 2-bosqichi” tashhisi bilan Zoxiraxon Ashuraliyevalarga o‘suvchi endoprotez tibbiy moslamasi olib berilgan edi.
Chexiya Respublikasida ishlab chiqarilgan ushbu endoprotez tibbiy moslamalari bemorlar tanasiga muvaffaqiyatli o‘rnatildi. Hozirda ularning ahvoli yaxshilanib, tayanch-harakat tizimlaridagi nuqsonlar tezroq bartaraf etilishiga erishilmoqda.