Yangiliklar
calendar 09.06.2026 | 09:40
view 34
Farg‘onada “Ezgulik manzili” tibbiy aksiyasi boshlandi

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida “Ezgulik manzili” ijtimoiy-tibbiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🗓8–12 iyun kunlari davom etadigan aksiya doirasida malakali shifokorlar tomonidan bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, zarur hollarda chuqurlashtirilgan diagnostika va davolash ishlari amalga oshiriladi.

👨‍⚕️👩‍⚕️Aksiya mamlakatimizning yetakchi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilib, bolajonlarning salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.

🗺Manzil: Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi

✔️Barcha farg‘onaliklarni ushbu xayrli aksiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz!