Yangiliklar
23.12.2024
|
04:58
451
FARZANDIM TEZROQ OYOQQA TURIB KETISHIGA ISHONAMAN
Buxoro viloyatida oʻtkazilgan "Ezgulik manzili" aksiyada operatsiya qilingan kichkintoy Muhammadjonning salomatligi ijobiy tomonga oʻzgarmoqda. - Farzandim tezroq oyoqqa turib ketishiga ishonchim ortdi. Bizga yordam bergan Prezidentimizga, poytaxtdan kelgan shifokorlarga, Bolalar fondiga alohida rahmat aytaman, - deydi Muhammadjonning oyisi va buvijonisi biz bilan suhbatda. Bunday minnatdorchiliklarni koʻplab keltirish mumkin. Ushbu aksiyada 80 dan ortiq bolajonlarga turli darajada operatsiya amaliyotlari bajarildi. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining bu kabi ezgu ishlari bardavom boʻladi.