Новости
calendar 08.09.2024 | 04:58
view 291
FARZANDIM TEZROQ OYOQQA TURIB KETISHIGA ISHONAMAN

Buxoro viloyatida oʻtkazilgan "Ezgulik manzili" aksiyada operatsiya qilingan kichkintoy Muhammadjonning salomatligi ijobiy tomonga oʻzgarmoqda. - Farzandim tezroq oyoqqa turib ketishiga ishonchim ortdi. Bizga yordam bergan Prezidentimizga, poytaxtdan kelgan shifokorlarga, Bolalar fondiga alohida rahmat aytaman, - deydi Muhammadjonning oyisi va buvijonisi biz bilan suhbatda. ✔️Bunday minnatdorchiliklarni koʻplab keltirish mumkin. Ushbu aksiyada 80 dan ortiq bolajonlarga turli darajada operatsiya amaliyotlari bajarildi. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining bu kabi ezgu ishlari bardavom boʻladi.