➡️9 oyli Umarbekning hayoti qil ustida edi…
➡️Jigar yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bolakayga zudlik bilan jigar transplantatsiyasi zarur edi. Ammo uning yoshligi sababli O‘zbekistonda bu murakkab amaliyotni o‘tkazish imkoni bo‘lmadi.
➡️Oilani oddiy haydovchilik ortidan tebratayotgan otasi Lochinbek aka uchun farzandini xorijda davolatish katta mablag‘ talab qilardi. U esa birgina umid bilan yashardi — farzandining hayotini saqlab qolish!
➡️So‘nggi umidlar bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga qilingan murojaat javobsiz qolmadi.
➡️Fond ko‘magida Umarbek Turkiyaning Antaliya shahridagi nufuzli klinikalardan biriga yuborildi. O‘z buvisi unga jigar donori bo‘ldi. Murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi.
➡️Bugun Umarbek yana kulmoqda. Yana yashamoqda. Uning oilasiga esa baxt qaytdi!
➡️Ko‘zlarida quvonch yoshlari bilan Fondga minnatdorlik bildirgan Lochinbek akaning so‘zlari har qanday ta’rifdan ta’sirliroq yangradi:
➡️“Farzandimni menga qaytarib berganingiz uchun rahmat! Prezidentimizdan, Fondning barcha jamoasidan bir umr minnatdorman!”
➡️Bir bolaning saqlab qolingan hayoti — bir oilaning qayta tug‘ilgan baxtidir.
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi — bolalar hayoti va kelajagi yo‘lida!