Yangiliklar
calendar 27.07.2026 | 10:11
view 996
Faxriddinov Abdulaziz buvisining samimiy minnatdorligi

Faxriddinov Abdulazizning buvisi intervyu davomida Bolalar fondi rahbariyati va Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi. Nabirasi tug‘ma tanglay yetishmovchiligi bilan tug‘ilgan bo‘lib, Bolalar fondi ko‘magida Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan turk shifokorlari tomonidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

➡️Buvisi o‘z minnatdorchiligini shunday ifoda etdi:
✏️“Nabiramning sog‘ayishi biz uchun eng katta baxt. Yordam bergan barcha mutasaddilarga oilamiz nomidan cheksiz rahmat.”