Bilamizki, ushbu yirik kompaniyalar guruhi 100 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, nafaqat Hindiston, balki butun dunyoda o‘zining 140 dan ortiq davlatda o'z hamkorlariga ega. Ushbu kompaniyada 8000 dan ortiq ishchi xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya biznes olamida katta muvaffaqiyatlar qozongan. Shu bilan birga, iqtisodiyot, sanoat yo‘nalishidan tashqari ijtimoiy sohalarda, xususan tibbiyot yo‘nalishida katta tajriba va salohiyatga ega.
Xayriya va saxovat tadbirlarida faol ishtirok etib, qanchadan-qancha ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berib kelmoqda.
Ikki tomon vakillari O‘zbekistonda amalga oshirib bo‘lmaydigan o‘ta murakkab turdagi operatsiyalarni xorijda amalga oshirish, tibbiyot xodimlari uchun master klasslar o‘tkazish, mutaxassislarin O‘zbekistonga jalb etib, tibbiy-ko‘riklar tashkil etish borasida ham o‘zaro fikr almashdilar.