Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 11:41
view 820
FOND TOMONIDAN 15 MLRD SOʻMLIK “GLURAZIM” DORI VOSITASI XAYRIYA QILINDI

Bugun Pediatr shifokorlar kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Fond tomonidan bugun jami qiymati 15 milliard so‘mlik GLURAZIM dori vositasi xayriya tariqasida ajratildi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga topshirildi.

GLURAZIM — noyob (orfan) kasalliklarga chalingan bolalarni davolashda qo‘llaniladigan muhim dori vositasi bo‘lib, u ferment yetishmovchiligi bilan bog‘liq og‘ir genetik kasalliklarda organizmdagi zarur fermentlarni to‘ldirishga xizmat qiladi. Bu dori bolalarning ahvolini yengillashtirish, asoratlar rivojlanishining oldini olish va hayot sifatini yaxshilashda juda muhim hisoblanadi.

Mazkur xayriya pediatr shifokorlar kuniga bag‘ishlab amalga oshirildi va orfan kasalliklarga chalingan bolalarga bepul, uzluksiz davolanish imkoniyatini yaratadi.