3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Bolalarni qo‘llab–quvvatlash Jamoat fondi tomonidan 1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasiga 4 turdagi reabilitatsiya uskunalari foydalanish uchun topshirildi.
Ushbu moslamalar shifoxonaning fizioterapiya bo‘limiga olib kelib o‘rnatildi. Jumladan, velotrenajyor, vertikalizator, yurish simulyatori, parallel panjaralardan sakrab o’tish qurilmalari asab va harakat-tayanch qismida nuqsoni bor bolajonlarni sog’lomlashtirishga qaratilgan.
Fond tomonidan bu kabi tibbiy va reabilitatsiya asbob-uskunalari birinchi bor topshirilayotgani yuq. Muntazam ravishda shifoxonalarga zarur texnikalarni xarid qilish bo'yicha homiylik yordami ko’rsatib kelinmoqda.
Klinika bosh shifokori M.Tabibova Fond rahbariyatiga ko’rsatilgan muruvvat yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.