Bugun Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Vasiylik kengashi muhokamasiga 3 ta masala kiritilgan bo‘lib, ularning har biri atroflicha Kengash a’zolari tomonidan muhokama qilindi. Xususan, Jamoat fondiga kelib tushgan murojaatlar, kasallikka chalingan bemor bolalar ro‘yxati, zarur dori vositalari va boshqa moddiy yordamlar qiymati hamda ularni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Jumladan, kun tartibiga kiritilgan 15 nafar bolaning xorijda amalga oshiriladigan murakkab operatsiya amaliyotlari uchun yetarli mablag‘larni ajratish yuzasidan mutaxassislarning xulosalari tinglandi hamda qaror bayoni bir ovozdan ma’qullandi.
Shuningdek, yig‘ilishda boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.