Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 17:48
view 285
FONDGA MUROJAAT QILISH TARTIBI TUSHUNTIRILDI

Fondga har kuni turli mazmundagi murojaatlar kelib tushadi. Farzandini davolash umidida yurgan har bir ota-onaga yordam berish, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish Fondning kundalik vazifasiga aylangan.
 
Baʼzida fuqarolar olis hududdan ovora boʻlib kelmasliklari uchun www.bolalarfondi.uz platformasi yaratilgan. Unda bemalol fuqaro dunyoning turli nuqtasidan turib, belgilangan mezonlar asosida murojaat yoʻllashi mumkin. Bu tizim ochiq va shaffof boʻlib, inson omiliga bogʻliq emas.

Bugun ham Fondga Surxondaryo viloyatidan fuqarolar kelishdi. Ular bilan suhbatlashildi. Belgilangan mezonlar asosida zarur hujjatlarni yigʻib, shu tartib asosida platformaga uni kechiktirmasdan yuklashlari tushuntirildi. 

Unutmaslik kerakki, koʻp kasalliklarni ham xorijga bormasdan davolash imkoni bor. Imkonsiz deb topilganlari Bosh mutaxassis tomonidan xulosa berilgan taqdirdagina koʻrib chiqilib, davolash uchun ruxsat beriladi.