Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 16:56
view 367
FONDGA QILINGAN XAYRIYA MABLAG‘LARI SOLIQQA TORTILMAYDI

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi (2022 yil 5 may, O‘RQ-767-son) qonuniga ko‘ra, kodeksning 317-moddasi (Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar) 7-xatboshi quyidagi tahrirda qabul qilindi:

"7) xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan mesenatlik ko‘magini ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar mustasno;

Kodeksga shu tartibda o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Jumladan, ahamiyat beradigan bo‘lsak Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga qilingan xayriya mablag‘lari ham soliqqa tortilmasligi belgilab qo‘yildi.