Yangiliklar
“Fondga tilaklar” — ezgu niyatlar jam bo‘lgan maskan
3-Milliy konferensiya doirasida ishtirokchilar uchun maxsus “Fondga tilaklar” stendi tashkil etildi.
📝 Mazkur stendda mahalliy va xorijlik mutaxassislar, konferensiya ishtirokchilari hamda mehmonlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatiga oid samimiy fikr-mulohazalari, ezgu tilaklari va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini yozib qoldirishdi.
Bu tilaklar — shunchaki yozuvlar emas. Ular ortida bemor bolajonlar taqdiriga befarq bo‘lmagan qalblar, insoniylik, mehr va umid mujassam.
🤝 Bu kabi samimiy e’tiroflar Fond faoliyatining naqadar muhim ekanini, ezgu ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyon etdi.
✨ Har bir ezgu tilak — bolalar salomatligi yo‘lidagi yana bir kuchli motivatsiya!