Yangiliklar
calendar 23.10.2024 | 10:26
view 83
FONDNING 3 YILLIGI KO'TARINKI RUHDA NISHONLANDI

Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tashkil topganligining 3 yilligi hamda Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Vatan – bolajonlar nigohida” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan ijtimoiy xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, bemor bolajonlar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlarning “Savdo yarmarkasi” ham tashkil etildi.