Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 10:15
view 529
GULNOZ TURKIYADAN O‘ZBEKISTONGA KELDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Vasiylik kengashi xulosasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal'a tumanida yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan G‘ulomova  Gulnozning  “Umurtqa pog‘onasi chap tomonlama bel qismi IV darajali skoliozi, qovurg‘a yo‘qligi" tashhisi asosida Turkiyaning yuqori texnologiyali  “Medical Park Gazisomanpaşa” klinikasiga yuborilgan edi.

Yaqinda Gulnoz murakkab operatsiya amaliyotidan so‘ng, O‘zbekistonga qaytib keldi.

Qomati raso qizimizning hozirgi ahvoli yaxshi. U shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lib turibdi. Ota-onasi Prezidentimizga va Fond jamoasi o‘z minnatdorchiligini bildirdi.