➡️Yig‘ilishda Fondning 2026-yil II chorak yakunlari sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar hamda navbatdagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, murakkab va kechiktirib bo‘lmaydigan jarrohlik amaliyotiga muhtoj 25 nafar bolaning tibbiy xulosalari alohida ko‘rib chiqildi. Ularning har biri ortida farzandining sog‘ayishini kutayotgan ota-ona, bir oilaning umidi va bolaning sog‘lom hayotga qaytish istagi bor.
➡️Yig‘ilish davomida ushbu bolalarga zarur tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish, murakkab operatsiyalarni tashkil etish va davolanish jarayonini tizimli ravishda muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Qayd etilganidek, hisobot davrida ko‘plab bolalar malakali tibbiy yordam hamda zarur ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan qamrab olindi. Eng muhimi, yordam faqat operatsiya yoki davolanish bilan yakunlanmasligi, bolaning keyingi taqdiri ham Fond e’tiborida bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.