Yangiliklar
calendar 21.08.2026 | 11:05
view 48
IBROHIMNING DAVOLANISH JARAYONI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

➡️Yana bir ezgu ish, yana bir oilaga qaytgan umid va quvonch…

➡️Iskandarxonov Ibrohimga beta-talassemiya (β-talassemiya) tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, uning sog‘lig‘ini tiklash uchun xorijda yuqori malakali tibbiy yordam olish zarurati mavjud edi.

➡️Bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida Ibrohim Turkiya Respublikasiga davolanish uchun yuborildi. U yerda malakali mutaxassislar nazoratida zarur tibbiy muolajalar va davolash jarayonlaridan o‘tdi.

➡️Quvonarlisi, davolanish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi va bugungi kunda Ibrohimning holati sezilarli darajada yaxshilangan.

➡️Ibrohimning Turkiyadagi davolanishi bilan bog‘liq barcha zarur xarajatlar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

➡️Bugun Ibrohimning onasi farzandining sog‘lig‘i yo‘lida ko‘rsatilgan yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi.

➡️Farzandining sog‘ayib, oilasi bag‘riga yaxshi holatda qaytishi — ona uchun eng katta baxt. Biz uchun esa inson salomatligi va uning hayotiga umid qaytarishga qo‘shilgan hissa eng katta natijadir.

➡️Ibrohimga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va baxtli kelajak tilaymiz! 🤲

➡️Ezgu ishlar davom etadi.

                                                   Video