Yangiliklar
calendar 19.04.2025 | 16:44
view 156
Ijtimoiy himoya sohasida ustuvor vazifalar belgilab olindi

 Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi Bolalarni qo‘llab-quvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarning farzandlarini, chin yetimlarni, og‘ir kasallikka chalingan va nogironligi bo‘lgan bolalarni davolash, ularning ta’lim olishini, uy-joy bilan ta’minlanishini hamda kasb egallashlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, 2023-2024-yillar davomida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga 10357 ta murojaat kelib tushgan. Shundan kelib chiqib, 7639 nafar bolaga chuqurlashtirilgan tibbiy-diagnostika tekshiruvlari o‘tkazilgan, 1070 nafar bolada tibbiy aksiyalar davomida operatsiya amaliyotlari bajarilgan, 160 nafar bola xorij klinikalarida operatsiya qilinib, sog‘lomlashtirilgan.