Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 13:27
view 520
ILK MAROTABA O‘ZBEKISTONNING ENG CHEKKA HUDUDIDA - MO‘YNOQDA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILADI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 10-15 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsultativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.

Unda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining yuqori malakali mutaxassislari jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv va maslahatlar beriladi. 

Og‘ir xastaligi bor, kechiktirib bo‘lmaydigan bemor bolalarni mahalliy yoki xorij klinikalarida imtiyozli davolash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. 

Barcha mablag‘lar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.