Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 10:13
view 572
Imkoniyati cheklangan bolalar qo‘llari bilan yaratilgan mahsulotlarning savdo yarmarkasidan 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ ishlab topildi

Joriy yilning 5 may kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 103 alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarka imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning kasb-hunar orqali daromad topishlarini rag‘batlantirish maqsadida har yili o‘tkazib kelinadi.

“Mohir qo‘llardan — mehrli qo‘llarga” shiori ostida bo‘lib o‘tgan yarmarkada bu yil yuzdan ortiq ishlar: rasm, yumshoq o‘yinchoq, batik, zardo‘zi va munchoqli buyumlar, duradgorlik ishlari taqdim etildi.

Mehnat yarmarkasi ko‘rgazmasida ishlab topilgan 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ maktab-internatidagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratiladi.