Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 10:40
view 469
JAJJI IMONANING KO‘ZLARI YoRUG‘ OLAMGA QAYTDI

Yaqinda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi 2023 yilda tug‘ilgan Imona Fayzullaevaning ota-onasi farzandining “Chala tug‘ilgan chaqaloqlar retinopatiyasi 5 darajasi” tashxisi bilan murojaat qilgan edi. Murojaat javobsiz qolmadi. Bunday tashxis bilan hozirgi kunda yurtimizda ham yuqori texnologiya asosida operatsiyalar amalga oshirilmoqda.

Fondning moliyaviy ko‘magi va qo‘llab-quvvatlovi bilan Imona Bolalar Milliy tibbiyot markazida operatsiya qilindi. Amaliyotning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Jajji Imonaning ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, farzandining hozirgi ahvoli qoniqarli darajada. Barcha diagnostika-tekshiruv natijalari ijobiy chiqqan. Markaz shifokorlari tunu kun farzandi salomatligini nazorat qilib turibdi. 

Shu munosabat bilan, u Prezidentimizga, qolaversa Jamoat fondi xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.