Bemor Marhaboxon 4 yoshda. Unga “Chap qo’l bilan kaft, tirsak, yelka va ko’krak qafasi sohasi limfangiomasi” tashxisi qo‘yilgan edi. Bolaning mazkur holati murakkab jarayon hisoblanib, buni davolash uchun oilaning iqtisodiy sharoiti yetmas edi. Barcha tekshiruvlar va konsiliumlardan so‘ng, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Marhaboxon Azamatovani shoshilinch tarzda Turkiyaning nufuzli klinikasida operatsiya qilish uchun yubordi. Videoda ko‘rganingizdek, bolaning salomatligida katta o‘zgarishlar bor. Endi u ham tengdoshlari qatori sog’lom hayotga qaytdi. Ta'kidlash lozimki, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi. Marhaboxon O‘zbekistonga qaytib keldi. Ayni paytda operatsiyadan keyingi davo muolajalarini olmoqda. Ular Fondga tashrif buyurib, Prezidentimizga va Fond rahbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.