Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 11:43
view 730
JAJJI OPA-SINGILLARDAGI KUYISh JAROHATLARI OPERATSIYASI MUVAFFAQIYaTLI O‘TKAZILDI

2019 yilda tug‘ilgan Raufova Asila  va 2017 yilda tug‘ilgan Raufova Inoyatxonlarning ota-onasi farzandlari “Kuygandan keyingi yuz, quloqlar va ikkala qo‘l chandig‘i kontrakturasi”  tashhisi bilan davolanishga muhtoj ekanligini so‘rab, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga murojaat qilgan edi.

Fondning mahalliy va xorijlik shifokorlar bilan olib borgan konsiliumlaridan so‘ng, bemorlar Turkiyaning “Medistate Kavacık Hastanesi” klinikasida davolanish uchun yuborildi. Ularda kuyishdan keyingi jarohatlarni tiklash bo‘yicha o‘ta og‘ir operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ikkita opa-singilning hozirgi ahvoli ancha yaxshi. Ijobiy tomonga o‘zgarishlar bor. Fond tomonidan ham, qolaversa Turkiyalik shifokorlar ham har bir bemorlar juda sinchkovlik bilan nazorat qilib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, ushbu murakkab operatsiya Fondning moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan birinchi va oxirgi amaliyotlar emas. Shu kunga qadar 23 nafar bola xorijning nufuzli klinikalarida davolanib, salomatligini tiklab qaytdi.

Asilaxon va Inoyatxonlarning ota-onasi bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga, qolaversa Prezidentimizga ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
 
Bizni kuzatib boring!!!