Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 12:35
view 393
Jajji Umarxo’ja murakkab amaliyotdan so'ng O’zbekistonga qaytdi

Umarxo’ja Abdurazzoqov 3 yoshda. U tovush pardalari oralig‘i tagidagi muolajadan so‘ng paydo bo‘lgan hiqildoq stenozi tashxisi asosida Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan nufuzli klinikalarda davolanib, yurtimizga qaytib keldi. Bola muntazam ravishda vrachlar nazoratida bo’lib turibdi.

Umarxo’janing onasi bizga minnatdorchilik so'zlari yozilgan fotosuratlar va videomateriallarni yubordi.