Samarqandlik 5 nafar yigit-qizlar ham bunday quvonchli kundan bahramand bo‘lishdi. Samarqand viloyatining Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om va Samarqand tumanida yashovchi 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kasb-hunarga o‘qitilib, ularga o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun zarur bo‘lgan komp'yuter texnikasi, tikuv mashinalari, maishiy xizmat ko‘rsatish anjomlari, ustachilik ishi asbob-uskunalari xayriya sifatida tarqatildi.
Garchi bu yoshlarning nogironligi bo‘lsa-da, ammo ularning iqtidorlari va bilimlari, sabr-matonatlarini hech bir narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ular endi oilalariga daromad keltirishni boshlaydilar.
Aksiya davom etmoqda.