Yangiliklar
Mazkur tadbir Fondning 4 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbirda ortopedlar, travmatologlar, pediatrlar, reabilitologlar, genetiklar va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Ular nomukammal osteogenez bilan bog‘liq dolzarb masalalar, tashxis va davolashda zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajriba va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
➡️Mazkur tadbir Fondning 4 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi. Tadbir davomida bolalar uchun konsert dasturlari, turli sovg‘alar taqdim etildi, shuningdek, barcha mehmonlar va shifoxona bemorlari uchun shifoxona oshxonasida bayramona osh pishirildi.
➡️Davra suhbati ko‘tarinki ruhda, iliq muhitda va yuqori saviyada o‘tkazildi. Ishtirokchilar ushbu tashabbusni katta mamnuniyat bilan qabul qilib, Fond faoliyatiga yuksak baho berdilar.