Yangiliklar
calendar 17.11.2026 | 17:52
view 64
Mehr, e’tibor va bolajonlar tabassumi!

➡️14-noyabr — Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

➡️Animatorlar ishtirokidagi qiziqarli chiqishlar, quvnoq o‘yinlar va sovg‘alar bolajonlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ham ushbu ezgu tashabbusga o‘z hissasini qo‘shib, bolajonlarga kitoblar va esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

➡️Fond direktori o‘rinbosari Barno Abdusamatova bolajonlarga samimiy tilaklarini bildirib, ularga mustahkam sog‘liq, baxtli bolalik va yorqin kelajak tiladi.

➡️Zero, har bir bolaning tabassumi — biz uchun eng katta baxt!