Namangan viloyati Pop tumani Chig‘anoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro Xo‘jamberdiyeva Uljanoyning 2019-yilda tug‘ilgan farzandi — Rustamjonov Mustafoga “Tug‘ma buyrak usti bezi po‘stlog‘i disfunktsiyasi. Viril shakli (E25.0) — ferment yetishmovchiligi bilan bog‘liq tug‘ma adrenogenital buzilish” tashxisi asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.
🎄 Yangi yil munosabati bilan oilaga:
💊 6 dona Diferelin dori vositasi,
📚 Kitoblar va turli sovg‘alar,
💵 500 000 so‘m miqdorida moddiy yordam topshirildi.
Bu ezgu tashabbus onaning ko‘zlariga yosh keltirdi. Ammo bu yoshlar darddan emas — mehr, e’tibor va qo‘llab-quvvatlashdan tug‘ilgan quvonch yoshlar edi ✨
Hech bir ona bunday sinovlarga duch kelmasin. Hech bir bola dard ko‘rmasin. 🤲
✊Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ushbu oilaga bundan buyon ham doimiy ravishda yordam ko‘rsatib borishini ma’lum qiladi.
Mehr, saxovat va insoniylik yo‘li hech qachon to‘xtamasin!