Yangiliklar
Minnatdorlikning eng samimiy so‘zlari
➡️Farzandining sog‘ayishini orzu qilgan har bir ona uchun eng katta baxt — uning sog‘lom kulgisini ko‘rishdir.
➡️Mazkur videoda farzandi bepul jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tgan bemor onasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ezgu ishlar, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda fidoyi shifokorlarga o‘zining samimiy minnatdorligini bildiradi.
➡️Bu kabi insonparvar tashabbuslar yuzlab bolalarga sog‘lom hayot sari yangi imkoniyat, minglab oilalarga esa umid va ishonch baxsh etmoqda.
➡️Har bir sog‘aygan bola, har bir quvonchli ona tabassumi — amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning eng katta natijasidir.